2023-yilning 4-6-aprel kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida AITF-2023 19-xalqaro turizm yarmarkasi boʻlib oʻtadi.


Photo

AITF Ozarbayjonning faol rivojlanayotgan turizm bozoridagi muhim voqelik bo‘lib, har yili butun dunyodan ko‘plab ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarni yagona maydonchada to‘playdi.
Kavkaz mintaqasidagi yetakchi xalqaro tadbir bo‘lmish AITF mintaqadagi sayohatlar, ishbilarmonlik turizmi, tibbiy va eksklyuziv dam olishning so‘nggi yangiliklarini namoyish etuvchi ozarbayjonlik va xorijiy ekspertlar uchun mustahkam platforma yaratgan holda, zamonaviy turizm bozorining umumiy manzarasini aks ettiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon xalqaro turizm yarmarkasida “hamkor davlat” sifatida ishtirok etmoqda. 
Ko‘rgazma doirasida mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimoti, madaniy dastur, xalq amaliy san’ati va milliy taomlar namoyishi rejalashtirilgan.

Nufuzli xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishga shoshiling.

 Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz yoki +998781290990 raqami orqali bog‘lanish mumkin.

Arizalar 2023-yil 15-martgacha qabul qilinadi.