2024-yil 1-yanvardan mamlakatimizda “To‘siqsiz turizm” dasturi amalga oshirilishi boshlandi.


Photo

2024-yil 1-yanvardan mamlakatimizda “To‘siqsiz turizm” dasturi amalga oshirilishi boshlandi. 
Uning doirasida imkoniyati cheklangan shaxslarning sayohati uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Shu tariqa, turizm va madaniy meros obʼyektlarida, konsert va koʻngilochar maskanlarda, aeroport, avto va temir yo‘l vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun infratuzilma yaratiladi.

Bundan tashqari, ular uchun mamlakat bo'ylab bepul sayohatlar tashkil etiladi.

“To‘siqsiz turizm” dasturi davlatimiz rahbarining 2023-yil 27-iyunda qabul qilingan PQ-238-sonli “TURIZM YO‘NALISHIDAGI ISLOHOTLARNI YANADA JADALLASHTIRISH VA SOHADA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi qaroriga kiritilgan.

Har yili millionlab sayyohlar, jumladan, imkoniyati cheklangan insonlarni qabul qiladigan qadimiy Samarqandimizda ham ular uchun zarur shart-sharoit yaratish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.