Bishkekda “O‘zbekiston mintaqalarining turistik salohiyati” forumi bo‘lib o‘tdi.


Photo

Bishkekda “O‘zbekiston mintaqalarining turistik salohiyati” forumi bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Qirg‘iziston turoperatorlari Assotsiatsiyasi KATO bilan hamkorlikda tashkil etilgan forumda Samarqand viloyatining turizm sohasi vakillari ishtirok etdi.

 “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” taqdimoti forum ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

 – Bugungi forumgacha biz faqat Samarqand tarixiy diqqatga sazovor joylarga boy ekanini bilardik.  Endi esa Samarqandda turizmning barcha turlari rivojlanganligini bilamiz”, — dedi KATO raisi oʻrinbosari Nurbek Saparov.

 - Turizm forumida muvaffaqiyatli va samarali muhokamalar o‘tkazdik.  Oʻylaymanki, kelajakda yangi potentsial hamkorlarimiz bilan oʻzaro manfaatli ish olib boramiz”, - deydi turistik transport kompaniyasi rahbari, forum ishtirokchisi Muxtor Jumayev.

 Eslatib oʻtamiz, statistik maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari 2023-yilda Oʻzbekistonga eng koʻp tashrif buyurgan sayyohlar uchligidan joy olgan.