Endi Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) “UN Tourism” (BMT turizmi) deb ataladi.


Photo

Endi Butunjahon Turizm Tashkiloti  (UNWTO)  “UN Tourism”  (BMT turizmi) deb ataladi.

Qaror tashkilotga aʼzo davlatlar tomonidan 2022-yil 16-18-may kunlari Dominikan Respublikasida boʻlib oʻtgan Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida, soʻngra 2023-yil oktabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida maʼqullangan.

Ushbu yangi brend bilan tashkilot o'zining "BMTning turizm bo'yicha ixtisoslashgan agentligi va turizm bo'yicha jahon yetakchisi maqomini" yana bir bor tasdiqlaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Turizm Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining ta'kidlashicha, jamiyatlar rivojlanib borar ekan, boshqa ko'plab sohalar kabi turizm sanoati ham dunyoda farovonlikka yordam berish uchun o'zgarishi kerak. Inson farovonligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro totuvlikka ko‘maklashish "BMT turizmi"ning asosiy maqsadlari hisoblanadi.