Evropalik sayyohlar ko'payadi
Evropalik sayyohlar ko'payadi
Shu kunlarda, Varshava va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning yo‘lga qo ‘yilishi munosabati bilan Polshaning mashhur blogerlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek “LOT Polish Airlines” rahbariyati tarkibidan iborat delegatsiyasi Samarqandda bo‘ldi.
– “Varshava–Toshkent–Varshava” muntazam toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovning yoʻlga qoʻyilgani turizmni yanada rivojlantirish uchun salohiyat yaratmoqda. Varshavadan keladigan samolyotlarga talab yo‘kori bo‘lishiga ishonchim komil. Bugun men bilan Samarqand go‘zalligini kashf qilayotgan hamkasblarim Samarqand haqida ko‘p eshitganlar va borishni anchadan beri orzu qilishgan”, - deydi polshalik jurnalist Kristof Motrutskiy.
Eslatib o‘tamiz, «Star Alliance» tarkibida bo‘lgan “LOT Polsha Airlines” O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirib kelgan birinchi Evropa kompaniyasi bo‘ldi.