Hurmatli fuqarolar!

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda toshqin, sel, qor ko‘chishi va yer ko‘chkisi kabi tabiiy ofatlar xavfini inobatga olgan holda quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz:
✔️ Ob-havo ma’lumotlarini kuzatib boring: Dam olishga yo'l olishingizdan avval va sayohat davomida ob-havo prognozlarini muntazam ravishda tekshirib boring. Yomg'irli yoki qor yog'ishi kutilayotgankunlarda sayohatni kechiktirish tavsiya etiladi.
✔️Rasmiy ogohlantirishlarga amal qiling: Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) va boshqa rasmiy organlar tomonidan beriladigan ogohlantirish va ko'rsatmalariga qat'iy rioya qiling.
✔️Xavfsiz yo‘nalishlarni tanlang: Dam olish maskanlariga borishda xavfsiz yo'llarni tanlang va xavfli hududlardan o'tishdan saqlaning.
✔️Guruh bo‘lib harakat qiling: Yakka holda sayohat qilishdan saqlaning. Imkon qadar guruh bo'lib harakat qiling. Bu favqulodda vaziyatlarda bir-biringizga yordam berishingizni osonlashtiradi.
✔️Favqulodda vaziyatlar uchun tayyor bo‘ling: O'zingiz bilan birinchi tibbiy yordam to'plami, zaxira oziq-ovqat va suv, shuningdek, aloqa vositalarini olib yuring.
❗️ Eslatib o‘tamiz, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish siz va yaqinlaringizning hayoti va salomatligini saqlash garovidir. Dam olish maskanlarida xavfsiz va yoqimli vaqt o‘tkazishingizni tilaymiz!