«ICHKI TURIZM XIZMATLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA»


Photo

Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil  30-apreldagi «ICHKI TURIZM XIZMATLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA»gi PQ-232-son qarorida: (https://lex.uz/docs/-5991928?ONDATE=01.01.2023%2001) 

-  “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlanish, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilgan;

-  oilaviy mehmon uylarini ta’mirlashga 100 million so‘mgacha, mebel, maishiy texnika va boshqa buyumlar bilan jihozlashga 50 million so‘mgacha hamda suzish havzalarini tashkil etishga 200 million so‘mgacha loyihalarni moliyalashtirish uchun tadbirkorlarga kreditlar berilishi belgilangan.