Ispaniyada "Samarqand - Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi" targʻibot kampaniyasi tashkil etildi.


Photo

Ispaniyada "Samarqand - Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi" targʻibot kampaniyasi tashkil etildi.


Samarqand viloyati delegatsiyasining Yevropa mamlakatlari boʻylab xizmat safari doirasida Ispaniyaning Valensiya shahrida "Samarqand - Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi" targʻibot kampaniyasi tashkil etildi. Tadbirda ispaniyalik turistik korxonalar,  muzeylar rahbarlari, orxeolog olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda vatandoshlar ishtirok etishdi. 

Bunda, Samarqandning turistik tashkilotlari tomonidan yangi turizm mahsulotlari namoyishi, Samarqand xalqaro aeroportining imkoniyatlari, "Silk Road Samarkand" turistik markazida yaratilgan shart-sharoitlar, turistik marshrutlar yuzasidan tashrif buyuruvchilarga maʼlumotlar taqdim etildi. 

Tadbir davomida B2B uchrashuvlar tashkil etilib,  ispaniyalik sayyohlar oqimini oshirishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  

Xususan, Ispaniyalik muzeyshunoslar Samarqand tarixiga oid ma'lumotlarga katta qiziqish bidirishdi. Har ikkala tomon muzeylari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatishga kelishib olindi.

Tadbir davomida B2B uchrashuvlar tashkil etilib,  ispaniyalik sayyohlar oqimini oshirishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  

Tadbir yakunida, Samarqandning gastronomik turizm salohiyati namoyish etilib, mehmonlarga Samarqand palovini tayyorlash boʻyicha mahorat darsi, viloyatning hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmasi namoyish etildi.