“Jibek Joly” sayyohlik poyezdi yana Samarqandda

Bugun, 23-mart kuni Qozog‘istonning “Jibek Joly” sayyohlik poyezdining navbatdagi reysi Samarqand shahriga yetib keldi. Oʻzbekona mehmondoʻstlik an’analarga xos tarzda iliq kutib olingan sayyohlar shahrimizning boy tarixi, madaniyati va zamonaviy turistik infratuzilmasi bilan tanishish uchun Samarqandga tashrif buyurishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu poyezd joriy yilning 5-yanvar (https://t.me/sam_turizm/10269) kuni 100 dan ortiq yo‘lovchi, jumladan, jurnalistlar, sayyohlik kompaniyalari vakillari va turistlar qulay poyezdda Samarqandga tashrif buyurib, ikki mamlakatning tarixiy va madaniy merosi bilan tanishishgan edilar.
“Jibek Joly” – Markaziy Osiyoning asosiy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u Olmaota, Turkiston, Toshkent, Samarqand va Chimkent shaharlarini bog‘laydi. Mazkur loyiha mintaqaviy turizmni rivojlantirish, madaniy hamkorlikni kengaytirish hamda sayohatchilar uchun qulay va xavfsiz transport tizimini yaratishni maqsad qilgan.