Jizzaxda Samarqand viloyatining turizm salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan taqdimot tadbirlari davom etmoqda. (https://t.me/sam_turizm/10772) 19-fevral kuni ushbu tadbir Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan jizzaxlik turizm sohasi vakillari Samarqandning sayyohlik imkoniyatlari, yangi yo‘nalishlari va turizm qishloqlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, hududlararo hamkorlikni kuchaytirish, turistik xizmatlar sifati va sayyohlarga qulaylik yaratish bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbir davomida Jizzax viloyati bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan turizm loyihalari muhokama qilindi. Samarqand va Jizzax viloyatlari o‘zaro chegaradosh hududlar bo‘lgani sababli, ushbu hududlar orasida mahalliy turizmni rivojlantirishda katta salohiyatga ega. Masofaning yaqinligi va qulay transport infratuzilmasi mahalliy sayyohlar oqimini oshirish, dam olish va madaniy tadbirlarni birgalikda tashkil etish imkonini oshiradi.
Samarqand viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan taqdimot tadbirlari hududlararo hamkorlikni mustahkamlash va ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, nafaqat sayyohlik xizmatlari rivojiga, balki mintaqaviy iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi.