Joylashtirish vositalaridan qoniqish darajasini bilish maqsadida so‘rovnoma


Photo

“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarni joylashtirish vositalaridan qoniqish darajasini bilish maqsadida so‘rovnoma tizimi yo‘lga qo‘yilgan bunda,

👉 “Umumiy ovqatlanish obyektlari”;

👉 “Ziyorat obyektlari”;

👉 “Ma’lumot beruvchi obyektlar”;

👉 “Ko‘ngilochar obyektlar”;

👉 “Yashash joyida xizmat sifatini baholash so‘rovnomasi”;

👉 “Transport;

👉 “Davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari” bo‘yicha barcha mehmonlar o‘z fikrlarini yozishlari mumkin.

Agar siz mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridagi xizmat sifatidan qoniqmayotgan bo‘lsangiz ushbu havola orqali https://tourquality.uz/uz/poll/ (ushbu havola “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK veb-saytining (https://tourquality.uz) “Matbuot xizmati” bo‘limida “So‘rovnoma” sahifasida joylashgan) taklif va e’tirozlaringizni bildirishingiz mumkin.

Shuningdek, taklif va e’tirozlaringizni foto yoki video ko‘rinishidagi fayllarni tizimga yuklagan holda qoldirishingiz mumkin.