Le Cordon Bleu Paris Samarqandda!

Ayni damlarda Turizm akademiyasida dunyoga mashhur Le Cordon Bleu Paris oshpazlik akademiyasining eksklyuziv mahorat darslari boʻlib oʻtmoqda!
👨🍳 Tadbirga Le Cordon Bleu Istanbul akademiyasining texnik direktori, shveytsariyalik tajribali oshpaz Erich Ruppen boshchilik qilmoqda. Ishtirokchilar yuqori darajadagi oshpazlik sirlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.