"Lidl Reisen": Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat O'zbekistonga oilaviy sayohat qilishingiz mumkin

Germaniyaning "Lidl Reisen" sayyohlik kompaniyasi onlayn sahifasida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi.
"O'zbekiston Sharq va G'arb o'rtasidagi sehrli diyor, Buyuk ipak yo'li bo'ylab unutilmas sarguzashtlar makoni. O'zbekiston sizni nafaqat YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan Samarqand, Xiva shaharlaridagi qadimiy yodgorliklar, balki mamlakatning sayyohlar kashf etib ulgurmagan xilma-xil landshafti, purviqor tog'lari-yu, betakror va fusunkor tabiati rom etadi.
O'zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat, siz bu yurtga oilaviy, yakka tartibda yoki guruh bo'lib sayohat qilishingiz mumkin", – deyiladi nashrda. (https://dunyo.info/uz/about_uzb/%E2%80%9CLidl-Reisen%E2%80%9D-markaziy-osiedagi-eng-havfsiz-mamlakat-%D0%8Ezbekistonga-oilaviy-sae%D2%B3at-%D2%9Bilishingiz-mumkin)