Malayziyada qad rostlagan "Registon maydonida" O'zbekiston ziyorat turizmi va "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar namoyish etilmoqda

Joriy yilning 7-mart kuni Malayziyaning Selangor shtatidagi "1 Utama" (https://t.me/sam_turizm/10969) savdo markazida Oʻzbekiston ziyorat turizmi salohiyati va "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar yarmarkasi ochildi. Tadbir doirasida Registon maydoni ko‘rinishidagi pavilyon o‘rnatildi. (https://t.me/iadunyo_uz/38750)
Ko‘rgazmada O'zbekiston "Hunarmand" uyushmasi a'zolari, respublikaning oziq-ovqat eksporti bilan shug'ullanuvchi yetakchi kompaniyalari, turkompaniyalar, "Uzbekistan Airways"AJ vakillari ishtirok etmoqda. Mehmonlar ziyorat turizmi, gastronomik turizm va yangi turpaketlar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlari, ipak va oziq-ovqat tovarlari savdosi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ko‘rgazma-yarmarka 6-aprelga qadar davom etadi.