Navro‘z kuni ikkita mehmonxona foydalanishga topshirildi.


Photo

Navro‘z kuni ikkita mehmonxona foydalanishga topshirildi.

Samarqand shahrida yana ikkita zamonaviy va qulay mehmonxona ish boshladi. 

Yangi mehmonxonalarning ochilishi nafaqat mehmondo‘stlik industriyasining navbatdagi ob’ektlari, balki hududning iqtisodiy taraqqiyoti va sarmoyaviy jozibadorligining ko‘rsatkichidir.

Shaharning tarixiy qismida joylashgan “Ko'ksaroy Plaza” mehmonxonasi bir vaqtning o'zida 82 nafar mehmonni qabul qilishga mo'ljallangan. Mazkur mehmonxonaning ochilishi tufayli 25 yangi ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, bayram kuni Orzu Mahmudov ko‘chasida joylashgan Amore mio restaurant & Ametist Hotel majmuasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ametist mehmonxonasida 40 ta mehmonxona xonasi, shuningdek, SPA majmuasi mavjud. Amore mio restorani 100 nafar mehmon va Samarqand aholisiga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan.

Mehmonxonalarning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etdilar.