“Ohalik – Oqbo‘yro – Mironko‘l” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”


Photo

Joriy yilda  “Ohalik – Oqbo‘yro – Mironko‘l” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qillingan.

Unga muvofiq, Samarqand tumanida umumiy maydoni 1 697 gektar bo‘lgan "Ohalik", umumiy maydoni 414 gektar bo‘lgan "Oqbo‘yro" hamda umumiy maydoni 2 545 gektar bo‘lgan "Mironko‘l" tog‘ turizmi loyihalaridan iborat bo‘lgan "Ohalik - Oqbo‘yro - Mironko‘l" turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi.

Mazkur turistik hududda  tog‘  hamda ekstremal turizm yo‘nalishlarii faoliyatini tashkil etish bilan bir qatorda mahalliy va xalqaro miqyosdagi madaniy-ko‘ngilochar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shular qatorida “Besh qit’a jilosi” etnofestivali, varraklar sayli, milliy xalq va milliy sport o‘yinlari, musiqali teatr tomoshalari hamda Xalqaro ekstremal turizm tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.