“Ohalik-Oqbo‘yro-Mironkul” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori
Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalangan holda viloyatda turizmning eko hamda ekstremal kabi turlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablar asosida ekologik tez quriladigan joylashtirish vositalari, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish, shuningdek, tog‘li hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida 2024 yil 6 fevral kuni “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironkul” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Oxaliq-Oqbuyro-Mironko‘l” turistik-rekreatsion zonasida qo‘yidagilar nazarda tutilgan:
-“Ohalik”, “Oqbo‘yro” hamda “Mironqul” tog‘ turizmi loyihalari hududlarini zamonaviy ekologik talablar asosida tez quriladigan modulli va kapsulali joylashtirish vositalari, o‘tov va avtokemping lagerlarini barpo qilishga ixtisoslashtirish orqali taqdim etiladigan xizmatlari turini kengaytirish;
-tog‘ turizmi loyihalari hududlarini “ziplayn”, “bandji-jamping” va “zorbing” attraksionlari, kanatli park, dor yo‘llari, deltaplan va paraplan yoki havo sharida uchish kabi ekstremal turizm yo‘nalishi faoliyatini tashkil qilishga ixtisoslashtirish.