“Oqsoy” va “Sazag‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlarining turistik salohiyati o'rganildi


Photo

Joriy yilning 1-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda ahholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to'g' risida" gi PQ-407-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi vakillaridan iborat ishchi guruh Nurobod tumanining “Oqsoy” va “Sazag‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlariga (MFY) tashrif buyurishdi.
Viloyatning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishda mahallalar va ularning resurslaridan samarali foydalanish juda muhim. Tashrif doirasida mahallalarning turizm salohiyati, investitsion jozibadorligi va bu yerda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan taklif etilayotgan turistik xizmatlar tahlil qilindi. Tahlil natijalari, eng avvalo, mahalliy aholining bandligi va turizm sohasidagi yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, turistik xizmatlarni koʻrsatish sifatini yaxshilash va shu orqali viloyatning turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgandir.
Shuningdek, tashrif davomida mahallalarda turizmni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi muammolarni hal qilish uchun takliflar berildi.