Oʻz DSt 22483:2022 davlat standarti qabul qilingan.


Photo

Xodimlar, xizmat ko‘rsatish, tadbirlar, ko‘ngilochar tadbirlar, xavfsizlik va muhofaza, texnik xizmat ko‘rsatish, tozalik, ta’minotni boshqarish va mehmonlarning qanoatlanishiga nisbatan mehmonxonalar uchun  Oʻz DSt 22483:2022 davlat standarti qabul qilingan.

Joylashtirish vositasida xujjatlashtirilgan tartib taomil bo‘lishi va ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

a) quyidagilarni hisobga olgan holda bronlashni qanday ro‘yxatga olish, bekor qilish, kafolatlash va tasdiqlash to‘g‘risida yo‘riqnomalar:

- bronlash to‘g‘risida so‘rovlarga 24 soat davomida javob berish lozim. Bron qabul qilinganidan keyin kim tomonidan bronlangani, nomerlar va shaxslar soni, sanalar, necha kecha yotib qolishi va bog‘lanish uchun ma’lumotlar, shuningdek maqbul narxlar, to‘lov usullari, agar mumkin bo‘lsa kelishning eng erta va oxirgi vaqti, kelishni erta ro‘yxatga olish va ketishni kech ro‘yxatga olish shartlari hamda transfer kabi joiz qo‘shimcha so‘rovlarni ko‘rsatib o‘tgan holda qayd qilingan bo‘lishi kerak;

- bronlashni qabul qilish, shuningdek, har qanday o‘zgarishlar ro‘yxatga olinishi va bron qilish va kelish o‘rtasida yetarli vaqt bo‘lganda mehmonga yozma ravishda yetkazilishi kerak;

- mehmonxona kelishni ro‘yxatga olishning birinchi maqbul vaqtini aniqlashi va mehmonlarga xabar qilishi kerak. Kelishni ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti soat 14:00 dan kech bo‘lmasligi kerak.

b) bronlash bashorati va amallarni tahlil qilish, shu jumladan:

- ortiqcha bronlashni oldini olish maqsadida bandlikning kutilgan darajasini nazorat qilish. Bunday vaziyatlarda qanday harakat qilishni belgilaydigan tizim bo‘lishi, mehmonga aynan yoki yuqoriroq sifatdagi, hamda eng kam noqulaylik tug‘diradigan xizmatlarni taklif qilish kerak;

- spesifik xonalar taqsimotini hisobga olgan holda mehmonxona tomonidan belgilangan tizim bo‘yicha xonalarning taqsimlanishi;

с) ro‘yxatga olish ustuni xodimlarining bandlik bashorati, keluvchilar ro‘yxati, taqsimlash va nonushta qiluvchilar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi.