Qo'shrobot tumani Pangat MFY aholisi uchun turizm bo‘yicha o‘quv-seminarlari tashkil etildi

Xabaringiz bor, (https://t.me/sam_turizm/10667?single) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari bo‘yicha" PQ-12-sonli qarori asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Samarqand viloyatining turizm salohiyati yuqori hududlarida aholining bandligini oshirish hamda daromad manbalarini kengaytirish maqsadida o‘quv kurslari va seminarlar tashkil etilmoqda. Bu boradagi navbatdagi tadbir joriy yilning 20-fevral sanasida Qo‘shrabot tumani "Pangat" MFY aholisi uchun tashkil etildi.
Mazkur o‘quv-seminarda mahalliy aholi vakillariga turizm sohasida xizmat ko‘rsatish madaniyati, sayyohlarga qulay shart-sharoit yaratish va tadbirkorlik asoslari bo‘yicha muhim bilimlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mehmon uylarini tashkil etish, ekologik turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda sayyohlarni jalb qilish strategiyalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Qo‘shrabot tumani ekoturizm va agroturizmni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. O‘quv kursi davomida fuqarolar ushbu imkoniyatlardan qanday foydalanish, xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb etish bo‘yicha maslahatlar oldilar.
O‘quv-seminari yakunida qatnashchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.