Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (ATOR) saytida e’lon qilingan maqolada


Photo

Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (ATOR) saytida e’lon qilingan maqolada rossiyalik turoperatorlar may oyidagi bayram kunlarida O‘zbekistonning tarixiy shaharlaridagi mehmonxonalarda joy yetishmasligini prognoz qilmoqdalar.

ATOR ekspertining fikricha, Oʻzbekistonga bormoqchi bo'lganlarning soni oshganligining asosiy omillaridan biri havo transporti hajmining o‘sishi boʻlgan. Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar Rossiyaning deyarli barcha yirik shaharlaridan, jumladan, Uzoq Sharq shaharlaridan ham amalga oshiriladi.

“Intourist” va “PAG Group” mutaxassislari O‘zbekistonda vizalar va til to‘siqlari yo‘qligi, gastronomiya, rublni milliy valyutaga almashtirish imkoniyati va mamlakat ichida hamyonbop narxlar kabi afzalliklarini ham eslatib o‘tadi.

Turoperatorlarning maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning aprel va may oylariga joylar faol band qilinmoqda: talab 2022-yil uchun xuddi shunday koʻrsatkichdan 10-12 foizga oshib ketgan.

Turoperatorlarning taʼkidlashicha, rossiyaliklar Oʻzbekistonda asosan mashhur tarixiy shaharlar – Samarqand va Buxoroni ziyorat qilishni oʻz ichiga olgan marshrutlarni afzal koʻrishadi.

“Sayohatlarning aksariyati Toshkent va Samarqandda, kamroq darajada – Buxoro, Xiva va Farg‘onada bo‘lib o‘tadi”, — deya xabar beradi FUN&SUN.