"Rossiyskaya Gazeta": 2025-yilda YuNESKO Bosh konferentsiyasi sessiyasi Samarqandda bo‘lib o‘tadi.


Photo

Rossiyaning rasmiy "Rossiyskaya Gazeta" (https://rg.ru/2025/03/11/v-2025-godu-sessiia-generalnoj-konferencii-iunesko-projdet-v-samarkande.html)sida ushbu sarlavhali maqola chop etildi. Unda taʼkidlanishicha, assambleyaning Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning madaniyat va ta’lim sohasidagi hissasi e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu tadbir tarixiy va madaniy merosni asrashning muhimligini butun dunyoga yana bir bor eslatish imkoniyatidir.

"Samarqandning noyob tarixiy obidalari YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar va olimlarni o'ziga jalb etmoqda. XaUlar nafaqat shaharga sayyohlik joziba bag'ishlaydi, balki kelajak avlodlar uchun madaniy va tarixiy merosni asrab-avaylash muhimligi haqida muhim eslatma bo'lib xizmat qiladi", – deb yozgan muallif.