Samarqand AYoQSlari "Quality sevice" sertifikatiga loyiq deb topildi

Joriy yilning 17-aprel kuni Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan “Quality service” sertifikatlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir turizm sohasida xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yaxshilash, turistlarga zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, imkoniyati cheklangan fuqarolarga ham to‘siqsiz xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan ilg‘or "Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari" (AYoQS), "Avtomobillarga gaz quyish stansiyalari" (AGQS) va "Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari" (AGTKS) faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev so‘zga chiqib, 2017-yildan buyon yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar, xususan, 10 mingdan ortiq zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarining barpo etilgani va ularning yarmidan ko‘pi aynan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida tashkil etilgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shu munosabat bilan, o‘z faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan bir qator stansiyalar “Quality service” sertifikati bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Samarqand viloyatidan ham 3 ta AYoQS munosib deb topildi:
1. “Farovon metan savdo” MChJga qarashli “Yelkan” AGQS, Bulung‘ur tumani
2. “Netro gaz invest” MChJga qarashli “Netro gaz invest” AYoQS, Samarqand shahri
3. “Silk Tasko” MChJga qarashli “SANEG” AGTKS, Samarqand shahri
Mazkur subyektlar tomonidan tashkil etilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari, xizmat ko‘rsatish sifati, tozalikka rioya qilinishi va turistlarga qulayliklar yaratish borasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuqori baholandi.
Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi ushbu yutuq bilan yurtdoshlarimizni tabriklaydi va kelgusida ham soha rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga tilakdoshdir!