Samarqand - Vengriya turizm sohasida hamkorlikning yangi istiqbollari.


Photo

Samarqand - Vengriya turizm sohasida hamkorlikning yangi istiqbollari. 

Samarqand viloyati delegatsiyasining Vengriyaga xizmat safari davomida turizm sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda vengriyalik sayyohlar oqimini oshirish bo'yicha muhim masalalar yuzasidan venger tomoni bilan kelishib olindi. Vengriyalik sayyohlarni qiziqtiradigan turizm yo'nalishlarini o'z ichiga olgan turpaketlar ishlab chiqib, targ'ib qilish, venger blogerlari va jurnalistlari bilan yaqindan hamkorlik qilish orqali turizm targ'ibotini yo'lga qo'yishga kelishib olindi. 

Vengriya muzeylari faoliyati o'rganilib, ularda sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib chiqildi. Kelgusida Vengriyada "Samarqand muzeylari kunlari" tadbirlarini o'tkazishga kelishib olindi.  

Shuningdek, Vengriya tomoni bilan hunarmandchilik mahsulotlari eksportini amalga oshirish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.