The visit of the delegation of the Samarkand region to the countries of Southeast Asia continues.


Photo

Ayni paytda viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi delegatsiyasi Indoneziyada  “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusida viloyatning turizm salohiyati boʻyicha taqdimotlar oʻtkazmoqda  hamda turizm sohasi vakillarining “B2B” uchrashuvlarini  olib bormoqda.

Delegatsiya tarkibida Samarqand viloyati bosh imom-xatibi, Hadis ilmi maktabi rektori, Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti birinchi prorektori , halol restoranlar  tarmogʻi rahbari va boshqalar.

Indoneziya turizm va creative iqtisodiyot vaziri va Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillarining rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda turizm sohasida hamkorlik qilish, Samarqandga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni tashkil etish, Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Maxdumi A’zam, Xoja Ahror Valiy, Abdi Dorun va Abdi Berun ziyoratgohlarga indoneziyaliklar uchun maxsus ziyorat turlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.