Samarqand viloyati “Ipak yo‘lida turizm” 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida yangi imkoniyatlarni kashf etmoqda


Photo

Toshkentda davom etayotgan “Ipak yo‘lida turizm” 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining ikkinchi kuni Samarqand viloyati uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. 
Yarmarkada bu yili Samarqanddan 25  ga yaqin turizm vakillari o'z xizmatlarini aks etirgan stendlar bilan qatnashmoqdalar. Viloyatning turizm imkoniyatlari, yangi turizm yo‘nalishlari, zamonaviy mehmonxona infratuzilmasi kabi sohalarni namoyish etuvchi ushbu stendlar yarmarka mehmonlarining katta qiziqishini uyg‘otmoqda. 
E'tiborlisi shundaki, yarmarkaning birinchi kunidayoq  Samarqand delegatsiyasi tomonidan 280 ga yaqin shartnomalar va kelishuvlar tuzishga muvaffaq bo‘lindi. Bu kelishuvlar viloyat turizmi uchun yangi istiqbollarni ochib, kelajakda sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi. Samarqand delegatsiyasi turizm tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va viloyatga yangi investitsiyalar jalb etish masalalarini ham muhokama qilmoqda.