Samarqand viloyatida turizm bo‘yicha o‘quv-seminarlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/sam_turizm/10646) turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromadlarini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri bugun Samarqand tumani hokimligida Yangijoy mahallasi fuqarolari uchun o‘tkazildi.
Mashg'ulot davomida ishtirokchilarga sayyohlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, turizm yo‘nalishidagi biznes imkoniyatlari hamda mijozlar bilan samarali muloqot qilish bo‘yicha tushunchalar berildi. Kelgusida o‘z mehmon uyi yoki xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etishni rejalashtirgan fuqarolarning ushbu sohadagi ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.
O‘quv-seminari yakunida qatnashchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.