SAMARQANDDA GASTROFESTIVAL G‘OLIBLARI E‘LON QILINDI!


Photo

Navro'z bayrami munosabati bilan o'tkazilgan Gastrofestival ajoyib taomlar, jonli ko‘rgazmalar va qizg‘in raqobatga boy kechdi. Festival doirasida milliy taomlar tayyorlash san’ati va oshpazlarning mahorati namoyish etildi, natijada har bir yo‘nalishda o'z sohasining ustalari aniqlanib, mukofotlarga sazovor bo‘lishdi.

Festivalning umumiy milliy taomlar yo‘nalishida eng nufuzli mukofot – Grand-pri – Shashlik.uz jamoasiga taqdim etildi. Jamoaning shashlik tayyorlash uslubi, retseptlarining o‘ziga xosligi va taomlarning o'ziga xos ta’mi hakamlar va mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Shashlik – o‘zbek milliy taomlarining ajralmas qismi bo‘lib, festival ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in musobaqa bo‘lib o‘tdi:
1-o‘rin: Mayda shashlik – tayyorlanish uslubi va ajoyib lazzati bilan ajralib turdi.
2-o‘rin: Fedya shashlik – o‘ziga xos marinad va pishirish texnikasi bilan ustunlikka ega bo'ldi.
3-o‘rin: Shashlichniy dvorik – taomning xush mazasi va taqdimoti bilan hakamlar e’tiborini tortdi.

Osh festivalning yana bir asosiy yo‘nalishi bo‘lib, tadbirda o‘zbek oshpazlarining mahorati asl ko'rinishida namoyon bo'ldi:
1-o‘rin: Joni osh – taomning boy lazzati va mukammal pishirish texnikasi tufayli eng yuqori bahoga loyiq deb topildi.
2-o‘rin: Abdumannon va Oshqand jamoasi – taom tayyorlashda an’anaviy retseptlarni zamonaviy uslub bilan uyg‘unlashtirishga erishgan jamoa deb topildi.
3-o‘rin: Samarqand super osh – har bir ingredientning uyg‘unligi va oshning o‘ziga xos did bilan bezatilgani hakamlarga manzur bo'ldi.

Somsa o'zbek xalqining to'y-marosimlari usiz o'tmaydigan taomlaridan biri. Gastrofestivalda somsa yo'nalishida 1-o‘rin Milliy somsaga nasib etdi. 

Halisa – Navro'z bayrami arafasida Sumalak bilan bir qatorda tayyorlanadigan an’anaviy o‘zbek taomlaridan biri bo‘lib, uni pishirish texnikasi xalqimiz orasida asrlar davomida mukammallikka yetgan taomdir. Gastrofestivalda ushbu yo'nalish bo'yicha 1-o‘ringa Halisa.uz jamoasi sazovor bo'ldi.

Festivalda, shuningdek, shirinliklar yo‘nalishi ham diqqat markazida bo'ldi. Eng kreativ bezatilgan shirinliklar sifatida 1-o‘ringa Avesto jamoasi loyiq deb topildi.

👏 👏👏Barcha ishtirokchilar va g‘oliblarni samimiy tabriklaymiz!