Samarqandda Koreya tajribasiga asoslangan zamonaviy mehmonxona ochildi


Photo

Samarqand shahrida zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan yangi “ALIZ HOTEL” mehmonxonasi mehmonlarga o‘z eshiklarini ochdi. Bu mehmonxonaning e’tiborga molik jihatlaridan biri – undagi tejamkor sanitariya-gigiyena shoxobchalari bo‘lib, ular Koreyaning ilg‘or tajribasi asosida tashkil etilgan.

Mazkur innovatsion yondashuv mehmonlar uchun yanada qulay sharoit yaratish bilan birga, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga imkon beradi. Gigiyenik shoxobchalar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, unda ekologik xavfsiz va samarali vositalar qoʻllanilgan.

Loyihani amalga oshirish jarayonida Koreya tajribasi chuqur o‘rganilib, mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan. Mazkur tashabbus sayyohlarga xizmat sifatini oshirishi bilan birga Samarqandda turizm infratuzilmasining rivojlanishiga ham xizmat qilishi kutilmoqda.