Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida malaka oshirish kurslari davom etmoqda


Photo

Samarqand shahri UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida xalqaro darajadagi mehmonlarni kutib olishga puxta hozirlik ko‘rmoqda. Shu maqsadda xizmat ko‘rsatish sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Bu galgi mashg‘ulotlar Samarqand viloyatidagi restoran va kafe bosh oshpazlari, Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talabalari hamda Kasbiy ko‘nikmalar markazi o‘quvchilari uchun yo‘lga qo‘yildi. Dunyoga mashhur Le Cordon Bleu Paris oshpazlik akademiyasining tajribali mutaxassislari mahorat darslari o‘tish uchun Samarqandga tashrif buyurishdi.

 Le Cordon Bleu Istanbul akademiyasining texnik direktori, tajribali shveytsariyalik oshpaz Erich Ruppen tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda ishtirokchilar gastronomik turizm va umumiy ovqatlanish xizmatlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishmoqda.