Shu kunlarda Fransiya-O‘zbekiston turizmi va merosi kunlari.


Photo

Shu kunlarda Fransiya-O‘zbekiston turizmi va merosi kunlari.

Bugun viloyat turizm boshqarmasi, davlat muzey-qo‘riqxonasi rahbariyati, madaniy meros obyektlari, muzeylar rahbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari  hamda Fransiyaning "Biznes Fransiya" eksportni rag'batlantirish agentligi shafeligida Fransiyaning “Dualest” kompaniyasi loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari ko‘chalarni bayramona yoritish, shahar yoritgichlarini bezash, bolalar va o‘smirlar uchun inklyuziv muzey yechimlari, sayyohlarni bog‘lar, muzeylar, restoranlar, sayyohlik joylariga jalb qilish uchun immersiv yechimlar, immersiv gastroloyihalar bo‘yicha loyihalarni taqdim etdilar.