“So‘g‘d – Buyuk Ipak yo‘li chorrahasi”: 80 dan ortiq hamkorlik memorandumlari imzolandi


Photo

Tojikistonning Xo‘jand shahrida o‘tkazilayotgan “So‘g‘d – Buyuk Ipak yo‘li chorrahasi” II Xalqaro turizm forumi mintaqalararo va xalqaro turistik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Forumning ikkinchi kuni tashkil etilgan B2B uchrashuvlar davomida Samarqand viloyatining turizm sohasi tadbirkorlari avvalroq erishilgan kelishuvlar asosida Eron Islom Respublikasi, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Turkmaniston, Xitoy, Qozog‘iston, Rossiya va Gretsiya kabi mamlakatlar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazib, 80 dan ortiq ikki tomonlama memorandumlarni imzoladilar.

Imzolangan hujjatlar turistik guruhlar almashinuvi, yangi marshrutlar ishlab chiqish, tarixiy-madaniy merosni targ‘ib qilish, qo‘shma loyihalar tashkil etish kabi loyihalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa xorijiy hamkorlarning Samarqandning turistik salohiyatiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi va turizm orqali iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda madaniy tadbirlar, panel sessiyalar va investitsion imkoniyatlar taqdimotlari ham rejalashtirilgan.