Turizm sohasidagi imtiyozlar: Turizm qoʻmitasi ishchi guruhi Samarqandda tadbirkorlar bilan uchrashdi


Photo

O'zbekistonda turizm sohasi iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biri sifatida e'tirof etilib, uni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  Xususan, turizm sektorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning oʻz bizneslarini kengaytirishi va global turizm bozorida raqobatbardoshligini oshirishi uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar va boshqa moliyaviy yordam turlari taqdim etilmoqda. 

Mazkur imkoniyatlarni turizm sohasidagi tadbirkorlarga yetkazish va ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadidaTurizm qo'mitasi tomonidan ishchi guruh tashkil etilgan. Joriy yilning 17-21 fevral kunlari Samarqand viloyatida bo'lib turgan ushbu ishchi guruh, bugun turistik firmalar va joylashtirish vositalari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Davra suhbatida turizm sohasi vakillari davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi. Shuningdek, tadbir davomida turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, subsidiyalarni olish tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa muhim masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.