Turizm yangi ish o‘rinlarni yaratishda muhim o'rin tutadi.
Eng ilg‘or xalqaro tajriba tahlili shuni ko‘rsatadiki, qishloq turizmini rivojlantirish natijasida mahalliy aholi uchun oilaviy mehmon uylarini tashkil etish,umumiy ovqatlanish va mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan suvenirlarni sotish orqali qo‘shimcha daromad manbalarining paydo bo‘lishidir.
Biroq, turizm biznesini tashkil etish, ayniqsa, bu borada hali tajribaga ega bo‘lmaganlar uchun turizm xizmatlari va turistik mahsulotlarni ko‘rsatish bo‘yicha maxsus bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi.
Shu munosabat bilan viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan Payariq tumani “Choshtepa” qishlog‘i xotin-qizlari uchun o‘z xunarini asosiy daromad manbaiga aylantirgan Urgut tumanida faoliyat koʻrsatayotgan xunarmandning ustaxonasida va viloyat “Xunarmand” uyushmasida mahorat darslari tashkil etildi..
Shuningdek, “Choshtepa” xotin-qizlari Registon maydonidagi esdalik sovg‘alari do‘konlarida bo‘lib, xorijlik sayyohlarning uy kashtalariga qanchalik qiziqishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar.
Eslatib o‘tamiz, Payariq tumani “Choshtepa” qishlog‘ida turizm qishlog‘ini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.