21% discount for Navruz holiday from Uzbekistan Airways


Photo

Navro‘z bu yangilanish, yosharish fasli. Ushbu bayramda yurtimiz, ayniqsa uning shaharlariyu qishloqlari go‘zallashib ketadi. Mazkur go‘zalliklardan vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlari bahramand bo‘lishlari uchun Uzbekistan Airways 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va bizness klass tariflariga 21% chegirma e’lon qiladi.
 
Chegirma shartlari quyidagicha:

-  Chegirmalarni birlashtirish (bolalarniki bundan mustasno) taqiqlanadi;

-  Yuqoridagi chegirmalar 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (INF) amal qilmaydi;

-  2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 25% bolalar chegirmasiga qo‘shimcha ravishda 21% chegirma taqdim etiladi;

-  Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;

-  To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo‘nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq tarif darajasiga chegirmalar qo‘llanilmaydi.