World Tourism Cities Federation Hills Tourism Summit 2024
Yangi Zelandiyaning poytaxti Wellington shahrida joriy yilning 22-24 aprel kunlari o‘tkazilayotgan “World Tourism Cities Federation Hills Tourism Summit 2024”da Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi vakillari ishtirok etmoqda.
Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF)ga 2012 yilda dunyoning mashhur turistik shaharlari va tashkilotlari tomonidan asos solingan.
U shaharlarga asoslangan birinchi xalqaro turizm tashkiloti hisoblanadi.
Samarqand ilk bor 2018 yilda WTCF sammitida mehmon sifatida ishtirok etgan va shundan so‘ng tashkilot aʼzoligiga qabul qilingan.
Shu yilgi sammitda butun dunyodan 50 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan 300 dan ortiq aʼzo turizm shaharlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Sammitda Samarqandning turizm salohiyati, turistlar uchun yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi rejalar taqdimoti o‘tkazildi.
Shuningdek, xorijiy davlatlarning sayyohlik shaharlari hamda turistik tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, hamkorlikni yaxshilash va tajriba almashish, xorijiy hamkorlar bilan turizm sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.