Xitoy Xalq Respublikasi Hebei provinsiyasi Madaniyat va Turizm departamenti hamda Samarqand viloyati Turizm boshaqarmasi o'rtasida memorandum imzolandi.


Photo

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Xitoy munosabatlari turli sohalarda rivojlanib, ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Jumladan, turizm sohasi bunga yaqqol misol boʻlib, ikki mamlakat oʻrtasida turistlar oqimining koʻpayishi buni isbotlab turibdi.
Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasi Hebei provinsiyasi delegatsiyasining  Samarqandga tashrifidan koʻzlangan asosiy maqsad ham hududlararo hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro tajriba almashish, xususan, turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 2-noyabr kuni Samarqand viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasi Hebei provinsiyasi Siyosiy maslahat kengashi raisi o‘rinbosari Gao Zhili boshchiligidagi delegatsiya hamda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari R.Qobilov oʻrtasida Hebei provinsiyasi hamda Samarqand viloyatining madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorligini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuv soʻngida Xitoy Xalq Respublikasi Hebei provinsiyasi Madaniyat va Turizm departamenti hamda Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi o'rtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolanib, bir qator masalalarda kelishuvlarga erishildi.