Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yumi Yosikava boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.


Photo

Tashrif davomida mehmonlar “Boqiy shahar” etnografik bog‘i, “Silk Road Samarkand” turistik markazi, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti  bilan yaqindan tanishib, Samarqand shahrining qadimiy qismi bo‘ylab sayohat qilishdilar.

O‘zbekiston va Yaponiya xalqlarining anʼana, urf-odat va mentalitetlari o‘rtasida juda ko‘p umumiyat va o‘xshashliklar mavjudligini kuzatish mumkin.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi zamonaviy hamkorlik aloqalari 1992 yil 26 yanvar kuni ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgach rivoj topa boshladi.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalar o‘rnatildi.