Yoqutiston delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi

Bugun Rossiya Federatsiyasining Saxa (Yoqutiston) Respublikasi Hukumat Raisining o'rinbosari K.Borisov boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov va delegatsiya a'zolari o'rtasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida ikki hudud o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Yoqutiston va O‘zbekiston o‘rtasida nafaqat savdo-iqtisodiy, ta'lim, madaniyat sohalarida, balki turizm sohasida ham yaqin aloqalar o'rnatilgan bo'lib, 2024-yilning oktabr oyida Yoqutistonda bo'lib o‘tgan turizm forumi doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.
Bugungi uchrashuv davomida turizm sohasida o'zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yoqutistonning tabiiy va madaniy boyliklari bilan Samarqandning boy tarixiy merosi o‘zaro turistik almashinuvni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratishi ta'kidlab o'tildi. Tomonlar kelgusida turizm sohasida qo'shma tadbirlar tashkil etish, o'zaro sayyohlar oqimini ko'paytirish masalalarida fikr almashdilar.