024-yil 1-yanvardan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “TURIZM YO‘NALISHIDAGI ISLOHOTLARNI YANADA JADALLASHTIRISH VA SOHADA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PQ-238-son qarorida mehmonxonalar sonini va ularda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
2026-yil 31-dekabrga qadar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan) foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarning royalti xarajatlari franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda qisman moliyalashtirilsin:
- 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 200 AQSh dollari ekvivalentida;
- 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 400 AQSh dollari ekvivalentida;
- 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 600 AQSh dollari ekvivalentida
deb belgilangan. (https://lex.uz/docs/-6549286)