1-iyun kuni O‘zbekistonning “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand — Istanbul — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand xalqaro aeroportidan Istanbulga parvozlar "Turkish Airlines" va “Uzbekistan Airways” tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bu yoʻnalishda “Qanot Sharq” qoʻshimcha reyslari ochilishi bilan yoʻlovchilar har kuni Samarqanddan Istanbulga parvoz qilish imkoniyatiga ega boʻldi.