16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh assambleyaning 25-sessiyasi o‘tkaziladi.


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 7 mart kuni “2023 yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va Shahrisabz shahrining “2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Ushbu qarorga asosan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi  va chora-tadbirlar rejasi belgilandi.

Shu bilan birga, mazkur qaror bilan “Samarqand - jahon turizm poytaxti. Butunjaxon  turizm tashkiloti (UNWTO) bosh assambleyasi 25-sessiyasi mezboni” shiori ostida 2023 yil davomida oʻtkaziladigan tadbirlar dasturi  tasdiqlandi.