17–18-oktabr kunlari UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumi va koʻrgazmasi tashkil etiladi.


Photo

17–18-oktabr kunlari UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumi va koʻrgazmasi tashkil etiladi. 

O‘tkaziladigan forumda vazirlar va xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi hamda 22 ta taqdimot oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 

Forum davomida Oʻzbekistonning 14 ta hududi mavjud turistik-investitsion salohiyati, 3 ta turistik-rekreatsion zona (Zomin, Chorvoq, Chimyon), Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, 4 ta startap loyihalari (Yaponiya, Chexiya, Fransiya va Braziliya) namoyish etiladi. Bundan tashqari, Turizm qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ va “Uzbekistan vertolyotlari” MCHJlarning stendlari tashkil qilinadi.

Qolaversa, umumiy qiymati 2 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalar manzilli roʻyxati shakllantirilib, investorlarga  taqdim etiladi.

UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasida 120 dan ortiq yirik xorijiy investorlar hamda 500 dan ortiq yirik mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.