19-iyundan boshlab WizzAir aviakompaniyasi Abu Dabi haftasiga 4 martagacha qo'shimcha parvozlar taqdim etadi va 1-avgustdan boshlab reyslar haftasiga 7 martagacha ko'payadi.

Samarqanddan Abu-Dabiga bo'lgan parvozlar har kuni quyidagi jadvalga muvofiq amalga ochiriladi: dushanba, seshanba va juma kunlari Samarqanddan soat 11:40 da, chorshanba kunlari soat 11:00 da, payshanba va shanba kunlari soat 11:45 da, yakshanba kunlari esa soat 22:45 da (mahalliy vaqt).
Qo'shimcha parvoz kunlari uchun aviatashuvchini veb-saytida chiptalarni sotishi ochilgan.
Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda reyslar haftada uch marta amalga oshiriladi: chorshanba, juma va yakshanba kunlari.
WizzAir Abu Dhabi arzon narxlardagi xizmat ko'rsatish modeli yo'lovchilarga rasmiy veb-saytida yoki tashuvchining mobil ilovasida bepul onlayn ro'yxatdan o'tishni taklif qilish orqali qog'oz chiptalardan voz kechishni nazarda tutadi. Shuningdek, ro'yxatdan o'tish Samarqand aeroporti terminalida qo'shimcha haq evaziga amalga oshirilishi mumkin.