🔲 1966-yil 26-aprel kuni ertalab soat 5:23 da Toshkentda vayronkor zilzila sodir bo‘ldi

Manbaning chuqurligi sayoz (8 dan 3 km gacha) bo‘lganligi sababli yer yuzasining 8-9 ball (12 balli MSK-64 shkalasi bo‘yicha) silkinishiga va qurilish obyektlariga katta zarar yetkazgan.
Jabrlangan shaharga SSRIning barcha respublikalari yordam berdi. Toshkentga chodirlar, dori-darmonlar, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, asbob-uskunalar yetkazib berildi.
Toshkent nafaqat falokatdan omon qoldi va 1968 yilga kelib to‘liq tiklandi, balki haqiqatda yangidan zamonaviy metropolga aylantirildi, maydoni va aholisi 1,5 baravarga ko‘paydi va u katta, ko'p millatli shaharga aylandi.
1976-yilda Toshkentda zilzila sodir boʻlganining 10 yilligi munosabati bilan Toshkent zilzilasi oqibatlarini bartaraf etishga bagʻishlangan “Jasorat” meʼmoriy-badiiy majmuasi barpo etildi.