2019-yil 19-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi o‘zining yalpi majlisida “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” maxsus rezolyutsiyasini qabul qildi.


Photo

Loyihasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur hujjat BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

E’tiborlisi, 50 dan ortiq mamlakat O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan qabul qilingan hujjatning hammualliflari sifatida ishtirok etgani O‘zbekiston tashabbusining dolzarbligi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilganidan dalolatdir. 

Barqaror turizmni rivojlantirish turistlar va mezbon mintaqalarning hozirgi ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga kelajak uchun imkoniyatlarni himoya qiladi va kengaytiradi. Barcha resurslar madaniy yaxlitlik, muhim ekologik jarayonlar, biologik xilma-xillik va hayotni ta'minlash tizimlarini saqlab qolgan holda iqtisodiy, ijtimoiy va estetik ehtiyojlarni qondiradigan tarzda boshqarilishi kerak.

Barqaror turizm mahsulotlari - bu mahalliy atrof-muhit, jamiyat, madaniyat bilan uyg'unlikda mavjud bo'lgan mahsulotlar, turizm rivojlanishiga foyda keltiradi.