2022-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi ilk bor YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitasiga a’zo etib saylandi.

O‘zbekiston Respublikasi nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
“Boysun madaniy makoni” (2008),
"Katta Ashula" (2009);
"Askiya sanʼati " (2014);
“Palov madaniyati va an’analari” (2016);
"Xorazm raqsi - lazgi" (2019);
“Baxshi sanʼati” (2021).
Bundan tashqari, “Shoshmaqom (2008), “Navro‘z” (2016), “Miniatyura san’ati” (2020), “Ipakchilik va to‘quv uchun an’anaviy ipak ishlab chiqarish” (2022), “Xo‘ja Nasriddin haqidagi latifalarni takrorlash an’analari” (2022) O‘zbekiston ishtirokida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.