2023-yil mart oyi uchun inspeksiya nazorati rejasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra respublika bo‘ylab 62 ta joylashtirish vositalarida inspeksiya nazorati o‘tkaziladi.


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 49-bandiga binoan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan joriy yilning mart oyi uchun sertifikatlashtirilgan xizmatlarni inspeksiya nazorati rejaga asosan amalga oshiriladi.

 

Inspeksiya nazorati sertifikatlashtirish obyektida (joylashtirish vositasi) sertifikatlashtirish vaqtida belgilangan normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy qayta baholash hisoblanadi.

 

Inspeksiya nazorati vaqtida joylashtirish vositalari O‘z DSt 3220:2017 va O‘z DSt 3296:2018 standartlari talablariga hamda ularda xizmat ko‘rsatadigan xodimlar O‘z DSt 3417:2019 va O‘z DSt 3418:2019 standartlari talablariga muvofiq baholanadi.

 

Inspeksiya nazorati yakuni bo‘yicha “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan standart talablariga mos kelmagan holatlarda sertifikatni amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilish huquqiga ega.