2023-yilda joylashtirish vositalari, shu jumladan, oilaviy mehmon uylari, sanatoriy va pansionatlar xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil qilish bo‘yicha grant ajratish uchun TANLOV E’LON QILINADI.
Grant ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Yuqorida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza va uning ilovalari.
2. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va nodavlat ta’lim tashkilotlarining Nizomi nusxasi.
3. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
Hujjatlar 2023-yil 1-iyundan 20-iyungacha qabul qilinadi.
Hujjatlar Madaniyat va turizm vazirligiga yoki uning “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur, 107B.
Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 502-33-77 (ichki - 321).