2023-yilning 1-5-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guanjou shahrida “The Canton Fair 2023” 133-xalqaro import va eksport ko‘rgazmasi boʻlib oʻtadi.


Photo

Ko‘rgazma doirasida Samarqandning turizm salohiyati, mehmonxonalarda yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, joylashtirish vositalari jihozlari taqdimoti, turistik korxonalar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun: 2021-yilda tashkil etilgan Canton Fair xalqaro ko‘rgazmasiga 600 ming nafar ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, 32 milliondan ortiq tadbirkorlar va aholi onlayn ishtirok etishgan. Namoyish etilgan eksponatlar orasida 898 200 ta yangi mahsulotlar, 112 700 ta smart mahsulotlar va 248 600 ta mustaqil intellektual mulkka ega mahsulotlar taqdim qilingan.

Nufuzli xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishga shoshiling!

Ishtirok etish uchun Turizm va mdaniy meros bosh boshqarmasi Xalqaro aloqalar, PR va marketing bo‘limiga +998 97 920 91 95 raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Arizalar 2023-yil 4-aprelgacha qabul qilinadi.